Saloh APLda rekord o‘rnatdi

  • 13.05.2018 20:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh ayni damda davom etayotgan “Brayton”ga (3:0 ikkinchi bo‘lim) qarshi bahsda o‘z hisobiga navbatdagi golni yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu gol 25 yoshli misrlik futbolchi uchun premer-liganing joriy mavsumidagi 32-gol bo‘ldi va u bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun, bu boradagi avvalgi eng yaxshi ko‘rsatgich Alan Shirer (1995/96), Krishtianu Ronaldu (2007/08) va Luis Suareslarga (2013/14) tegishli edi. Ushbu futbolchilar APLning bir mavsumida o‘z hisoblariga 31tadan gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!