Saloh "Liverpul"ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Liverpul” klubi forvardi Muhammad Saloh muxlislar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra jamoaning o‘tgan oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tish lozimki, misrlik futbolchi o‘tgan oy 5ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan edi.
Ma’lumot uchun, Saloh hozircha APLda 12ta o‘yinda raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.

Fikrlar