Samir Nasri: Zidan bilan “Real”da o‘ynagan bo‘lardim
“Sevilya” klubi yarim himoyachisi Samir Nasri Ispaniya kubogi bahsidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Zidan ajoyib murabbiy. Zidandek murabbiyning qo‘l ostida “Real”da o‘ynashim mumkinmi? Albatta. Har doim ham kuchli futbolchidan yaxshi murabbiy chiqavermaydi. Biroq Zidanda bu jarayon ajoyib kechmoqda. “Real” bilan dastlabki 32 ta uchrashuvida u Gvardiola, Pellegreni va Mourinodan ko‘proq ochko to‘plashga erishdi. U “Real”ni Chempionlar ligasida g‘oliblik sari etakladi va La ligada uning jamoasi anchadan buyon mag‘lub bo‘lmayapti. Turnir jadvalida ham yaqqol peshqadam. Uning uchun bu fantastik mavsum, - deydi Nasri.


Fikrlar