Samira Qahhorova va Ozodbek O‘rmonaliev Jahon chempionlari!

  

  Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25 avgust-4 sentyabr kunlari Bolgariyaning Kranevo shahrida yoshlar o‘rtasida 64 katakli shashka bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

  Blits yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahslarda ham hamyurtlarimiz bo‘sh kelishmadi. Samira Qahhorova va Ozodbek O‘rmonaliev o‘z tengqurlari orasida Jahon chempionlari bo‘lishdi. Shuningdek, 8 yoshlilar o‘rtasida kechgan bahslarda Mavluda Mahmudova va Fitrat Olimovlar 2-o‘rinni egallashdi. Shahzoda Fayzullaeva (11 yosh) esa bronza medali bilan kifoyalandi.

shashka-05 (1)

shashka-05 (3)

shashka-05 (4)

shashka-05 (5)

shashka-05 (6)

shashka-05 (7)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!