"Sampdoriya" yana bir xaridni amalga oshirdi

  • 18.08.2018 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Genuyaning "Sampdoriya" klubi o‘z rasmiy saytida "Napoli" himoyachisi Lorentso Tonellini tarkibga qo‘shib olingani haqida e’lon qildi.

Unga ko‘ra genuyaliklar 28 yoshli futbolchini "Napoli"dan keyinchalik 7,5 million evroga sotib olish sharti bilan 500 ming evro evaziga bir mavsumga ijaraga olishgan. 

Ma’lumot uchun, Tonelli 2016 yildan buyon neapolliklar a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan vaqt ichida jami 9ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!