
Samvel Babayan Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e’lon qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to‘qnash keladi. Undan avval esa terma jamoa Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga 28 futbolchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishing:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);
Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Egor Krimets (“Beyjing Goan”, Xitoy), Islomjon Qobilov (“Metallurg”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”);
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Azizjon G‘aniev (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Odil Hamrobekov (“Nasaf”);
Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).
Fikrlar