
Sanjar va Farrux Axshobodda medallar uchun kurashadi
Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida tennis bahslari ham o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Hamyurtimiz Sanjar Fayziev chorak final bosqichida gongkonglik Xong Kitga qarshi kortga chiqdi. Qiyin kechgan bahsda Sanjar 6:7, 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Fayziev yarim finalda qozog‘istonlik va xindistonlik tennichidan biri bilan ro‘baro keladi.
Ilgariroq, Farrux Do‘stov qozog‘istonlik Denis Evseevni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etgan holda, yarim finalga chiqqan edi.
Unga final uchun kechadigan o‘yinda xindistonlik Sumit Nagal raqiblik qiladi.
Fikrlar