
Sardor Azmun JCh-2018dan so‘ng "Real"da o‘ynamoqchi
Eron terma jamoasi hamda Qozonning “Rubin” klubi hujumchisi Sardor Azmun kelgusi yil bo‘lib o‘tadigan mundialdan so‘ng jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.
“Men etakchi chempionatlardan birida o‘ynashni istayman. Bu haqdagi qarorimni esa JCh-2018dan so‘ng e’lon qilaman.
Men o‘zimga shunday jamoa topishim kerakki, u erda asosiy tarkibda o‘ynashim kerak. Chunki, bir oy zahira o‘rindig‘ida o‘tirgan futbolchi o‘z sport formasini yo‘qotib qo‘yishi tabiiy.
Mening orzuim? “Real”da o‘ynashni istayman. Boisi, bolaligimdanoq ushbu jamoa yuragimda yashaydi”, - deydi eronlik futbolchi.
Fikrlar