Sardor Nurillaev mo‘g‘ulistonlik raqibidan ustun keldi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning -66 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sardor Nurillaev "S" guruhida mo‘g‘ulistonlik Ganbold Xerlanga qarshi gilamga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda sportchimiz raqibini ogohlantirishlar hisobiga mag‘lub etgan holda, musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
Fikrlar