
Sardorga APL va A Seriya jamoalari qiziqmoqda
Rus OAVda yozishlaricha, Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun Angliya Premer ligasi, Bundesliga yoki A Seriyada o‘ynovchi jamoalarda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Biroq hozir esa u “Rubin”ga o‘tishi kutilmoqda.
“Rostov”ga Bundesliga, APL va A Seriyaning grand jamoalaridan takliflar kelib tushgan. Hujumchining o‘zi esa qozonliklar ustozi Qurbon Berdievni o‘z otasidek ko‘rishini va unga ishonishini aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Azmun yakunlangan mavsumda Rossiya Premer ligasida 27 o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urib, bir golga assistentlik qildi.
Fikrlar