
Sarri: Kurtua, Azar va Villian jamoani tark etmasligiga ishonchim komil
Londonning "Chelsi" klubi yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri darvozabon Tibo Kurtua, yarim himoyachilar Eden Azar hamda Villianning kelajadagi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Kurtua, Azar va Villian kabi futbolchilar jamoamizda borligidan xursandman. Ammo ularning kelajagi mening qo‘limda emas.
Voqealar rivojini kutishimiz darkor. Ishonchim komil ular jamoani tark etishmaydi, - deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Telegraph nashri.
Ma’lumot uchun, Kurtuaga "Real Madrid" klubi, Villianga "Barselona", Eden Azarga esa Ispaniyaning ikkala grand klublari tomonidan qiziqish bildirilayotgandi.
Fikrlar