
Sarvar To‘xtasinov jiu-jitsu bo‘yicha Nyu-Yorkdagi turnirda g‘olib bo‘ldi
AQShda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik MMA jangchisi Sarvar To‘xtasinov o‘zining navbatdagi jangini Nyu-York shahrida o‘tkazdi.
Jiu-jitsu bo‘yicha щtkazilgan “North American Grappling Association” turnirida dunyoning qator mamlakatlaridan jami bo‘lib 500ga yaqin sportchi ishtirok etdi. Turnirda Sarvar ikkita jang o‘tkazib, ikkisida ham raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va “NAGA” chempionlik kamariga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun: Jiu-jitsu — jang san’ati va asosan gilam ustida bellashadigan xalqaro sport yakkakurash turi. Shuningdek, raqiblar bir-birini qiynab, og‘riq beruvchi usullar qo‘llaniladi. Bu sport turi XX asr boshlarida Kodokan dzyudodan ajralib chiqqan.
Fikrlar