Saudiya Arabistoni JCh-2018 oldidan Belgiya, Italiya va Germaniya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 11 yanvar, 2018, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo qit’asidan JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi Rossiya mundiali oldidan qaysi terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Arabnews nashrining xabar berishicha saudiyaliklar jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida dastlab Iroqqa qarshi (27 fevral), so‘ngra esa Ukraina (23 mart), Belgiya (28 mart), Italiya (28 may), Peru (3 iyun) hamda Germaniya (8 iyun) termalariga qarshi o‘ynashadi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni JCh-2018 musobaqasining “A” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhda shuningdek mezbon Rossiya, Misr hamdaUrugvay terma jamoalari o‘rin olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!