Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi MYuni sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" klubining xo‘jayinlari o‘zgarishi mumkin.
Mirror nashrining xabar berishicha Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud ushbu jamoani sotib olishga qiziqish bildira boshlagan. Ma’lumotlarga qaraganda u MYu aktsiyalari uchun 4,5 mlrd evro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” klubi ayni damda AQShlik Gleyzerlar oilasiga tegishli hisoblanadi.



Fikrlar