Saudiya klubi Musa uchun “Lester”ga 45 mln evro taklif qilmoqda

  • 18.07.2018 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning “Lester” klubi hamda Nigeriya terma jamoasi forvardi Axmad Musa faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda Ar Riyodning “Al-Nasr” klubi Musa uchun “tulkilar”ga 40 mln funt (45 mln evro) to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tish lozimki, “Lester” bundan ikki yil muqaddam Musani Moskvaning TsSKA klubidan 18 mln evroga sotib olgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda arablar Musaning o‘ziga ham yaxshigina maosh taklif qilishmoqda. Agar ushbu transfer amalga oshsa, u eng ko‘p maosh oluvchi afrikalik futbolchiga aylanishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!