
Saul Alvares: Golovkin bilan revansh jang bo‘lishini istayman
Las-Vegasda o‘tgan Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o‘rtasidagi jangdan so‘ng meksikalik bokschi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Men revansh jang o‘tkazishni istayman. Agar odamlar buni ham istasa, barchani amalga oshirish mumkin. U (Golovkin) g‘alaba qozonmadi. Bu jangda durang bo‘ldi. Men har doim oldinga qadam tashlashim haqida aytganman. Birinchi raundlarda men ustunlikni qo‘lga oldim. Uning nimalarga qodirligini bilish uchun. Keyin himoyaga o‘tdim. O‘ylaymanki, men sakkiz raundni yutgandim, – deydi Alvares.
Eslatib o‘tamiz, “T-Mobile Arena” arenasida o‘tgan jangda bokschilar durang qayd etdi.
Fikrlar