Saul Niges: Kurtuaning "Real"ga o‘tishini kutmagandim
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Saul Niges sobiq jamoadoshi Tibo Kurtuaning "Chelsi"dan "Real"ga o‘tishiga ishonmaganini aytdi.
“Men Kurtuani “qirollik klubi” libosida ko‘rib hayron qoldim, chunki buni kutmagandim. U oilasi bilan birga bo‘lishni xohladi va “Atletiko” muxlislari ham buni to‘g‘ri tushunishlari kerak. Bilaman, u “Atletiko”ni yaxshi ko‘radi”, - deydi Saul.
Ma’lumot uchun, belgiyalik posbon “matraschilar” safida 2011-2014 yillarda to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun La Liganing 7-turida "Real" aynan "Atletiko"ga qarshi bahs yuritadi va "qirollik klubi" darvozasini katta ehtimol bilan aynan Kurtua qo‘riqlaydi.



Fikrlar