
Serxio Ramos: Alba - dunyoning eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri
“Real” himoyachisi Serxio Ramos "Barselona" himoyachisi Jordi Albaning Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmayotganidan afsusda ekanini bildirdi.
“Biz Alba bilan birga Ispaniya terma jamoasida juda ko‘p o‘ynadik. U dunyoning eng zo‘r chap qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi va u buni juda ko‘p isbotlagan. Ammo tarkibni murabbiy tanlaydi va qaror qabul qilish uning ishi.
Mening Jordi bilan do‘stona munosabatlarim juda yaxshi. Bilmadim, u terma jamoaga qaytadimi yoki yo‘q, buni bilmayman”, - deydi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike shaxsiy adovatlar sabab Albani tarkibga jalb etmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar