
Serxio Ramos "Real"dan ketishga sha’ma qildi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos yana bir necha yillardan so‘ng jamoadan ketishi mumkinligiga sha’ma qildi.
Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi Xalqaro chempionlar kubogi tijoriy turniri doirasida “Yuventus”ga qarshi bahsda maydonda sardor sifatida harakat qilgan Lukas Vaskes bilan bo‘lgan suhbat davomida unga quyidagi so‘zlarni aytgan: “Senda faqat 4 yil qoldi, keyin men sardorlik bog‘ichini tashlayman”.
Eslatib o‘tamiz, Ramosning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar