
Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etganidan so‘ng nimalar dedi?
Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati ham nihoyasiga etib bormoqda. Kecha ushbu musobaqaning ikkinchi kungi yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. 69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya etayotgan Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Ablayxan Jusupovga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jangda hakamlar hamyurtimizning ishonchli(4:1) hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.
Bahsdan so‘ng, sports.kz sayti G‘iyosovdan kichik intervyu oldi.
– Jang men uchun og‘ir kechdi. Jusupov – yaxshi va shu bilan birgalikda aqlli bokschi. Uni yorqin kelajak kutmoqda deb ayta olaman. Men unga keyingi faoliyatida omad tilayman. Ablayxan – yaxshi yigit. U bilan muloqot qilib turaman. Unga o‘z ukam singari munosabatda bo‘laman.
–Jusupov va Eleusinovning farqini ayta olasizmi?
– Daniyar juda tajribali bokschi. Biroq Jusupov ham shunday bokschi bo‘lishi mumkin. O‘ylashimcha, Ablayxanda ham Eleusinov kabi bo‘lish uchun potentsiali etarli.
– Osiyo chempionatida siz Ablayxanni katta ustunlik bilan mag‘lub etgan edingiz. Bu safar biroz qiynaldingiz…
– Men bu haqda gapirib o‘tdim. Jusupov xali yosh. Biroq asta-sekin o‘sib bormoqda. Bugun menga oson bo‘lgani yo‘q. Agarda, yana uchrashsak, yana shunday qiyin bo‘lishi aniq.
Fikrlar