Shahramni dunyo tan oldi(foto)

  • 06.09.2017 23:23
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha JChning 69 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov muxlislar talqiniga ko‘ra, jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Xalqaro havaksor bokschilar assotsiyatsiyasi – AIBA ning “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, bokschimiz eng yaxshi deb tan olindi.

So‘rovnomada ishtirok etgan ovoz beruvchilarning 56 % hamyurtimizni eng yaxshi deb qayd etgan. Undan so‘ng, 17  % ovoz bilan ukrainalik Oleksandr Xijnyak ikkinchi o‘rinni egalladi .

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!