“Shanxay SIPG” Dohadagi yig‘inni yakunlab Xitoyga qaytdi

  • 17.01.2017 15:34
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xabaringiz bor, ayni paytda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi Dohada kishki yig‘inni o‘tkazmoqda. Shanxayliklar ushbu yig‘in chog‘ida o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tushishdi.

Kecha Odil Ahmedov to‘p tepayotgan “Shanxay SIPG” “Al Ahli” bilan so‘nggi nazorat bahsini o‘tkazdi. E’tiborga molik tomoni uchrashuvda Odil Hamedov va Vu Li jamoaning 2 goliga mualliflik qilishdi. Bellashuv esa 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, “Shanxay SIPG”ning Dohadagi yig‘ini yakunlandi. Endi shanxayliklar Xitoyga qaytib ketishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!