Sher Mamazulunov 8 iyulda navbatdagi jangini o‘tkazadi
Aralash yakkakurashlar jang san’atlari ustasi o‘zbekistonlik Sher Mamazulunov o‘zining navbatdagi jangini 8 iyul kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazadi.
Mazkur jangda hamyurtimizga slovakiyalik Vladimir Idrani raqiblik qiladi. Jang Fair Fight turniri doirasida reyting jangi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Sher oldingi jangini TATNEFTЬ kubogi uchun o‘tkazib, shveytsariyalik Daniel Stepanovskiy ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilgan edi.

Fikrlar