Sherali Jo‘raev: Jahon chempionati kichkina musobaqa emas
Shu kunlarda Ozarbayjon poytaxtida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda va unda O‘zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan ishtirok etmoqda. E’tiboringizga musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz vakillarining musobaqadn oldingi fikrlarini havola qilishda davom etamiz. Xususan, -100 kg vazn toifasida kurashadigan Sherali Jo‘raev JCh oldidan shunday deydi:
"Jahon chempionati kichkina musobaqa emas. Unda dunyoning barcha mamlakatlaridan etakchi polvonlar kurashadi. Shunday ekan har bir bellashuvda burilish nuqtasini ko‘rish mumkin. Tayyogarlikdan ko‘ngil to‘q va omadimizni berib tursa, jahon chempioni bo‘lib kelamiz".
Ma’lumot uchun, qur’aga ko‘ra, Sherali Jo‘raev birinchi davrada estoniyalik Grigori Minaski bilan ro‘baro keladi. Agar ushbu raqib to‘sig‘idan o‘ta olsa, keyingi davrada rossiyalik niyaz Ilyasovga qarshi tatamiga chiqadi.

Fikrlar