
Shipilov: Hisob 1:0 bo‘lganida adolatli bo‘lar edi
Pepsi Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" (3:0) o‘yinidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Bugungi uchrashuv oldidan tarkibimizda muammolar borligi sababli yoshlarga imkon berdik. Bu o‘zimizni oqlash uchun bahona emas. O‘ylashimcha, natija adolatdan bo‘lmadi. Tablodagi hisob 3:0 emas, balki 1:0 bo‘lganda adolatli bo‘lardi. Tanaffusdan so‘ng raqibga jarima maydonchasi oldida pressing uyushtirib ularni qiynab qo‘ydik. "Paxtakor"ga jismonan yutqazmadik, ammo 2-bo‘limdagi o‘yinimizni kuchaytirganimiz yaxshi natija qayd etish uchun etarli bo‘lmadi. G‘alaba bilan "Paxtakor"ni tabriklayman", - deydi Andrey Sergeevich.
Fikrlar