Shohjahon bir zarbada kuchli raqibini erga qulatdi
Professional boks muxlisu mutaxassislari e’tiboriga tushgan o‘zbekistonlik nokautchi Shohjahon Ergashev faoliyatidagi sakkizinchi jangini ham nokaut bilan yakunladi.

Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilgan professional boks kechasida Shohujahon Ergashev sakkizinchi jangini gruziyalik Ruben Movsesyanga (23-16-1, 18 KO) qarshi o‘tkazdi.

Bu uchrashuvda kuchli zarbaga ega bo‘lgan o‘zbek bokschisi raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Ruben Shohjahonning zalvorli zarbalariga dosh berolmay hamyurtimizning g‘alabasini tan oldi.

Shu tariqa Shohjahon Ergashev ketma-ket sakkizinchi jangini g‘alaba bilan yakunladi.
SPORTS.uz axborot portali Shohjahon Ergashevning faoliyatida unga omad va g‘alabalar tilaydi.


Fikrlar