Shohjahonning yangi raqibi ma’lum yoxud chempionlik jangiga yaqin qolmoqda
Professional boksda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (11-0, KO11) o‘zining navbatdagi jangini kelasi yili yanvar oyining 12-sanasida AQShda o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Jang avval xabar qilganimizdek, Las-Vegasda emas, balki Nyu-Yorkdagi “Turning Stone Casino Resort” arenasida tashkil etiladi. Bo‘lajak jangda bokschimizga amerikalik engilmas Soni Fredrikson raqiblik qiladi. Bu bokschi faoliyatini 2014 yil fevral oyida boshlagan va shu vaqtgacha 18 professional jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Shuningdek, 12 ta jangni muddatidan oldin tamomlagan.

Mazkur jang Shohjahon uchun muhim janglardan biri hisoblanadi. Agar u bu jangda g‘olib chiqadigan bo‘lsa, jahonning eng kuchli 15 nafar bokschilari qatoridan o‘rin egallaydi. Bundan tashqari bu to‘qnashuvda muvafaqqiyat unga chempionlik uchun bo‘ladigan jangga yana bir qadam yaqinlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, nokautchi bokschimiz 11 noyabr kuni AQShda faoliyatini boshlagan edi, okeanortidagi ilk jangida mezbon bokschi Markus Xavtornni (5-7-0) ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar