Shomurodovning jamoasida islandiyalik futbolchilar soni 4 taga etdi

  • 31 avgust, 2018, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Isroilning "Makkabi Tel-Aviv" klubi hujumchisi Vidar Kyartansson rasman "Rostov" a’zosiga aylandi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra rus klubi 28 yoshli islandiyalik futbolchining transferi uchun 2,5 million evro to‘lagan. Uning o‘zi esa "Rostov" bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

E’tiborlisi, Kyartansson "Rostov" safidagi 4-islandiyalik futbolchiga aylandi. Boisi, ayni damda jamoada Ragnar Sigurdsson, Sverrir Ingason va Born Sigurdarson kabi hamyurtlari ham to‘p surishmoqda.

Ma’lumot uchun, Kyartansson "Makkabi Tel-Aviv" sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida Isroil klubi safida jami 84ta o‘yinda maydonga tushgan va 42ta golga mualliflik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!