Shvaynshtayger “Bavariya”ning EChLda g‘olib chiqishiga ishonmoqda

  • 10 aprel, 2017, 16:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi sobiq yarim himoyachisi va ayni damda "Chikago Fayr" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Bastian Shvaynshtayger myunxenliklarning joriy mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ishonmoqda.

“Men haligacha “Bavariya” a’zolari hamda futbolchilar bilan aloqadaman va ularni qo‘llab-quvvatlayman. Umid qilamanki myunxenliklar bu yil Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olishadi”, - deydi Shvaynshtayger Sport1 nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" musobaqaning chorak finalida "Real" bilan kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!