Simona Xalep bir tanlovda 1,2 va 3 o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
«Tennis World» tomonidan joriy yilgi sport mavsumining eng qiziqarli o‘yinlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unda ruminiyalik Simona Xalep ishtirokidagi uch o‘yin kuchli uchtalikdan joy oldi. 2017 yilning eng yaxshi o‘yini Uimbldon turnirining chorak finalida Simona Xalep va Yoxanna Konta o‘rtasidagi uchrashuv deb topildi.
Shuningdek, «Rolan Garros» musobaqasining final uchrashuvidagi Simona Xalep va Elena Ostapenko bahsi ikkinchi o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, «US open» turnirining birinchi davrasida Simona Xalep va Mariya Sharapova o‘rtasidagi bahs uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Fikrlar