Simona Xalep o‘z o‘rnini Karolin Voznyatskiga bo‘shatib berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining yakuniga ko‘ra WTA reytingining kuchli o‘ntaligida o‘zgarish bo‘ldi.

Unga ko‘ra, reytingda birinchi pog‘onada turgan Simona Xalep o‘z o‘rnini Karolin Voznyatskiga bo‘shatib berdi. Shuningdek, musobaqaning yarim finaliga qadar etib borgan Karolina Plishkova bir, Anjelik Kerber esa etti pog‘ona yuqoriladi.

Mazkur turnirning saralash bahslarida omadsizlikka uchragan tennischimiz Sabina Sharipova 17 pog‘ona pastga tushib 193 o‘rindan joy oldi.

WTA reytingni. 29 yanvar 2018 yil xolatiga ko‘ra:

  1. (2) Karolin Voznyatski (Daniya) - 7965 ochko
  2. (1) Simona Xalep (Ruminiya) - 7715
  3. (4) Elina Svitolina (Ukraina) - 6085
  4. (3) Garbin Mugurusa (Ispaniya)- 5690
  5. (6) Karolina Plishkova (Chexiya) - 5445
  6. (7) Elena Ostapenko (Latviya) - 4901
  7. (8) Karolin Garsiya (Frantsiya) - 4495
  8. (5) Vinus Uilyams (AQSh) - 4278
  9. (16) Anjelik Kerber (Germaniya) - 3031
  10. (11) Kristina Mladenovich (Frantsiya) – 2935

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!