Sobiq "Barselona"chi tez orada "Real" safiga o‘tadi

  • 10.08.2018 19:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Tyago Alkantara “Real”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Onda Cero nashri tarqatgan xabarga qaraganda har ikkala jamoa 27 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “qirollik klubi”  Tyago uchun nemis grandiga taxminan 40-50 million evro to‘laydi. U esa jamoada “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan Mateo Kovachichning o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, asli “Barelona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Tyago Alkantara so‘nggi 5 mavsumdan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!