Sobiq chempion 15 oy tanaffusdan so‘ng ringga qaytib, raqibini nokautga uchratdi
Kaliforniyaning Beykersfild shahrida tashkil etilgan boks kechasida yarim o‘rta vazn toifasining WBC chempionlik kamari sobiq sohibi Viktor Ortis (32−6−2, 25 KO) 15 oydan so‘ng navbatdagi jangini o‘tkazdi.
30 yoshli amerikalik bokschi bu safar meksikalik Saul Korralga (25−10, 16 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jangda Ortis ortiqcha qiyinchlikka duch kelmadi va raqibining himoyasini osongina yorib o‘tib, uni qiyin vaziyatga tushirib qo‘ydi.
To‘rtinchi raundda Korral chap qo‘lda yo‘llangan kuchli zarbani o‘tkazib yubordi va nokdaun holatiga tushib qoldi. Ortisning keyingi hujumi esa jangning muddatidan oldin tugashini ta’minladi.
Ortis oldingi jangini 2016 yil aprelida o‘tkazib, Andre Bertoni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar