"So‘g‘diyona" - "Buxoro". Prevyu

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pepsi  Superligasi qoldirilgan   14 -tur doirasida “So‘g‘diyona”  o‘z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi. "So‘g‘diyona" rasmiy sayti jamoalarning Jizzaxdagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixini taqdim qildi.

UShBU  MAVSUMDA

Birinchi davra 3-turida “So‘g‘diyona” Buxoroda “Buxoro” ga qarshi bahs olib borgan edi.O‘yinning 3 daqiqasida kutilmaganda Akmal Xolmurodov o‘z davrvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan edi. 53-daqiqada Baxodir Nasimov ikkinchi golni kiritdi. Bahsning 90 daqiqasida Ergash Ismoilov uchinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa o‘yin 3:0 buxoroliklar foydasiga yakunlandi.

O‘YINI  VADIM AGIShEV  BOShQARADI 

“So‘g‘diyona”-“Buxoro” o‘yinini Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Sanjar Shoyusupovlar yordam beradi. Zahiradagi hakam Firdavs Norsafarov

Nazoratchi: G‘ayrat Karimov

Komissar: Ma’mur Saidqosimov

O‘ZARO USTUNLIK

“So‘g‘diyona” hamda “Buxoro”  klublari oliy ligada shu kungacha  45  bor kuch sinashishgan.“So‘g‘diyona” hisobida 13 ta, “Buxoro” hisobida  23 ta g‘alaba mavjud. 6 ta o‘yinda  durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik buxoroliklar  tomonida:  58:65 . “So‘g‘diyona”  o‘zaro o‘yinlarda 54 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,  “Buxoro ”  75   ochkoni qo‘lga qiritgan.

“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi 5 ta uchrashuvlar :

 25.06.2017 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 1:2
21.06.2016 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 0:0
20.11.2015 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 2:3
12.04.2014 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 0:1
03.11.2013 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 1:1

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 22 ta o‘yindan 10 tasida “So‘g‘diyona”, 8 tasida “Buxoro” g‘alaba qozongan. 4ta  uchrashuv durang natijasi bilan tugagan.

 O‘yin  vaqti va joyi

Yoshlar ligasi bahsi 11  iyul   kuni soat  18:30 da “So‘g‘diyona” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 12  iyul kuni soat 19:00 da “So‘g‘diyona” stadionida o‘tkaziladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!