
“So‘g‘diyona” AGMKga qarshi tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Superliga 9-turida “So‘g‘diyona” safarda “Nasaf”ga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida zafar quchgandi. Ayni kunlarda esa jamoa AGMKga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Mashg‘ulotlar jamoa jismoniy murabbiyi Avgustin Chirita qo‘l ostida yangicha uslubda va qiziqarli o‘tayapti. Darvozabonlar Dilshod Xamroev va Shirinboy Abdullaevlarni Igor Mixaylov o‘yinga tayyorlamoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan AGMK bilan o‘yin uchun taktik mashg‘ulotlarga e’tiborini qaratgan. Shuningdek o‘rinbosarlar jamoasi futbolchilari ham mashg‘ulotlarga jalb qilingan.
Bugun asosiy tarkib jamoasi AGMKga qarshi bahs olib borish uchun Toshkentga etib keladi. Yoshlar ligasi bahsi esa bugun soat 16:30 da start oladi.
Fikrlar