“So‘g‘diyona” Turkiyada 6 ta nazorat o‘yini o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jamoa ertaga mazkur yig‘inni yakunlaydi va futbolchilarga 2 kunlik dam beriladi.

So‘ngra “So‘g‘diyona” futbolchilari yana Toshkentda to‘planishadi. Jamoa navbatdagi yig‘inini Turkiyada o‘tkazadi. 4-18 fevral kunlari “So‘g‘diyona” Antaliyada xorij o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi.

Mazkur yig‘in davomida 6 ta sinov-nazorat uchrashuvlarida maydonga tushish ko‘zda tutilgan. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozircha 5 ta raqib nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Yaqin kunlarda so‘nggi nazorat o‘yini bo‘yicha ham yana bir xorij jamoasi bilan kelishuvga erishiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!