"So‘g‘diyona" Turkiyadagi dastlabki nazorat o‘yinini o‘tkazdi
Bugun Sergey Lushchan shogirdlari mazkur yig‘in doirasidagi o‘zlarining dastlabki nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Ularga Serbiya Superligasi ishtirokchisi "Bachka Palanka" klubi raqiblik qildi.
Antaliyada kechgan bellashuvda jangovar durang natija qayd etildi - 2:2. Endi jizzaxliklar ertaga Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazishadi.
Nazorat o‘yini
"So‘g‘diyona" - "Bachka" (Serbiya) 2:2.

Fikrlar