Son Xin Min yana Bundesligaga qaytishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi "Tottenxem" forvardi Son Xin Minga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra nemis grandi 26 yoshli koreyalik futbolchi jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Sonning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Ushbu kelishuvga ko‘ra uning tovon puli 50 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Son Xin Min uchun Bundesliga begona emas. Boisi, u “Tottenxem” safiga o‘tgunicha “Bayer” va “Gamburg” klublarida bir necha mavsum to‘p surgan.

Fikrlar