"Sport" telekanali "Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi"ni jonli efirda namoyish etadi

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi ortda qolgan mavsum davomida o‘zini har tomonlama ko‘rsatib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘lgan eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o‘tkazadi. Yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosim 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tashkilot matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 18:00 da boshlanadigan marosimni MTRKning "Sport" telekanali jonli ravishda translyatsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi taqdirlash marosimi "UzReport TV" orqali namoyish qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!