
Stefan Karri mavsumdagi shaxsiy rekordini yangiladi
Milliy basketbol assotsiatsiyasining muntazam chempionatida navbatdagi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu kunning eng markaziy o‘yini, shubhasiz, "Golden-Steyt" hamda "Boston" jamoalari o‘rtasidagi bahs edi.
MBAning yulduzlaridan biri hisoblanmish Stefan Karri uchrashuv mobaynida 49 ochko yig‘ib, jamoasining g‘alabasida ulkan xissa qo‘shibgina qolmasdan samaradorlik bo‘yicha mavsumdagi shaxsiy natijasini ham yangiladi.
Karri to‘plagan 49 ochkning 13 tasi bellashuvning so‘nggi daqiqasiga to‘g‘ri keldi. Stefan bahs mobaynida 3 ochkolik urinishlarning 13 tadan 8 tasini mavaffaqiyatli yakunlagan. Ushbu uchrashuv "Golden-Steyt"ning 109:105 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar