Suares gol urish bo‘yicha ustoziga tenglashdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatining 22-turida "Alaves" darvozasiga bir juft gol urgan Luis Suares "Barselona" tarkibidagi gollari sonini 109 taga etkazdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ayni paytda Kataloniya klubini boshqarayotgan Luis Enrikega etib oldi.

 

Luis Suaresning bu natijaga erishishi uchun 128 ta uchrashuv kerak bo‘ldi. Luis Enrike esa 1996-2004 yillar davomida 300 ta o‘yinda 109 ta gol urgandi. Ayni paytda ustoz va shogird "Barselona" to‘purarlariro‘yxatida 13-pog‘onani egallab turishibdi.

"Barselona"ning eng zo‘r to‘purari mavqei Lionel Messiga tegishli. U "Alaves"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda Kataloniya klubi tarkibidagi 485-golini urdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!