Suaresning "Arsenal"ga o‘tish rejasi barbod bo‘ldi

  • 23 yanvar, 2019, 14:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" xavbeki Denis Suaresning "Arsenal"ga ko‘chib o‘tish rejasi barbod bo‘ldi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 25 yoshli ispaniyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamagani uchun klub rahbariyati “kanonirlar” bilan muzokaralarni to‘xtatgan. Ta’kidlash kerakki, “Arsenal” etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan futbolchini 8,5 mln evro evaziga yarim mavsumga ijaraga olishni rejalashtirishayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!