Sulsher MYu bosh murabbiyi sifatida ilk marta intervyu berdi
"Manchester Yunayted" klubining yangi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher o‘zining yangi lavozimida ilk intervyusini berdi.
“Men uyga qaytdim. Menda yana yarim yil vaqt bor va men buning har bir daqiqasidan zavq olaman.
MYuda ajoyib tarkib bor. Ayni damda mening qo‘l ostimda 23-24 nafar zo‘r futbolchi bor va ularning barchasida o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat bor.
Biz allaqachon “Kariff”ni o‘rganishni boshlab yubordik, ammo bizning futbolchilar bu o‘yinda nima qilish kerakligini juda yaxshi bilishadi. Barcha futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishlarini xohlayman”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Kardiff” – “Manchester Yunayted” ertaga 22 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Fikrlar