
Sulsher: Marsyal va Lingard "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ishtirok etadi deb umid qilaman
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher “Liverpul”ga qarshi muhim bahs oldidan jamoaning jarohat olgan futbolchilar - Antoni Marsyal va Jessi Lingardlarning holati haqida gapirib o‘tdi.
“Antoni o‘ynay oladi deb o‘ylayman, umid qilamanki Jessi ham. Ularning jarohati turlicha. Bizda yana 2 kun bor va ular mashg‘ulotlarda ishtirok etishlari kerak”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» – «Liverpul» uchrashuvi 24 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar