Superliga. 30-turning dastlabki uch o‘yiniga 9 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi

  • 10 noyabr, 2018, 00:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turning ilk uchrashuvi Toshkentda kechdi. Unda amaldagi chempion "Lokomotiv" o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi va 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur bellashuvni ko‘rish uchun "Lokomotiv" stadioniga 951 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Tecno

O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan AGMK klubi esa kutilmaganda Olmaliqda "Qo‘qon-1912"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan oldin katta bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi va 5115 kishi uni bevosita OKMK sport majmuasidan turib kuzatib bordi.

Autsayderlar qarama-qarshiligi - "Neftchi" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni tomosha qilish uchun "Istiqlol"ga 3420 nafar muxlis to‘plandi.

Umumiy hisobda esa turning dastlabki uch o‘yiniga tashrif buyurgan muxlislar soni 9 486 nafar tashkil etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!