
Superliga. AGMK Jizzaxda "So‘g‘diyona"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" stadionida kechgan bellashuvda olmaliqliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Dastavval 30-daqiqada Zohir Pirimov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Muzaffarov hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. 65-daqiqada esa Jasur Hasanov mezbonlar darvozasiga uchinchi golni joylab qo‘yildi.
77-daqiqada AGMK darvozasiga belgilangan penaltini Nikola Milinkovich golga aylantirdi va jizzaxliklarni yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqardi.
Fikrlar