
Superliganing 7 klubi OFK litsenziyalash talabini bajardi
Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi klublarni litsenziyalash bo‘yicha milliy reglamentni ishlab chiqqani va u klublarga taqdim etilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Ushbu reglament, shuningdek keng jamoatchilik uchun ham havola etilgani va uni rasmiy saytdan yuklab olish mumkinligini eslatib o‘tish joiz.
E’tiborlisi, ushbu litsenziyalash talablarini ishlab chiqishda Professional Futbol Ligasi OFK litsenziyalash talablaridan kelib chiqqan, ammo ayrim talablar OFK talablaridan ham jiddiyroq hisoblanadi. OFK litsenziyalash talablarini klublar o‘rtasida OFK musobaqalarida qatnashadigan klublar bajarishi shart hisoblanadi. Qolgan klublar esa OFK litsenziyalash talablarini bajarishi shartli hisoblanmaydi, boisi ular milliy litsenziyalash talablarini bajarishi lozim va bu litsenziya ularga futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarida qatnashish uchun imkon beradi.
Istalgan klub OFK litsenziyasini olishi mumkin, ammo shu bilan birgalikda, ular milliy chempionatda ishtirok etish uchun milliy litsenziyani ham qo‘lga kiritishlari shartdir.
Hozirga kelib, O‘zbekistonning 7 ta klubi OFK litsenziyalash talablarini bajargan va OFK litsenziyasini qo‘lga kiritgan. OFK ulardan uchtasiga – “Nasaf”, AGMK va “Navbahor” klublariga sanktsiyalar bilan, ya’ni ma’lum imtiyozlar orqali klublarga OFK litsenziyasini taqdim etgan.
Ushbu klublar ma’lum muddat davomida OFK talablarini bajarishi shart. Qolgan klublar esa milliy litsenziyaga egalar. Bu yildan boshlab, milliy litsenziyalash talablari yanada kuchaytirildi. Klublarning o‘z akademiyalari bo‘lishi, stadion infratuzilmasi, shuningdek bir qator boshqa mezonlar shartli qilib qo‘yildi. Qolaversa, Professional Futbol Ligasi klublarni litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyasi yil davomida klublarni monitoring qilib borish vakolatini o‘zida qoldiradi.
Manba: O‘zPFL
Fikrlar