"Surxon" kelasi mavsum ham Superliga yo‘llanmasi uchun kurashadi yoxud Ilhom Mo‘minjonov termizliklar bilan shartnoma imzoladi

  • 25.12.2018 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

So‘nggi ikki mavsumni “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida o‘tkazgan Ilhom Mo‘minjonov yangi mavsumni Pro-liga ishtirokchisi – “Surxon”da boshlaydigan bo‘ldi. 

Unga ko‘ra 39 yoshli mutaxassis “Surxon” bilan shartnoma imzolagan. Katta ehtimol bilan Mo‘minjonovga xuddi “Navbahor”da bo‘lgani kabi Anvar Soliev assistentlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Ilhom Mo‘minjonov futbolchilik faoliyatida “Traktor”, “Navbahor”, “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” kabi klublarda to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, “Surxon” joriy mavsum Pro-liga “A” guruhida 4-o‘rinni yakunladi. Biroq, jamoa oldiga so‘nggi ikki mavsumdan buyon Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilib kelinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!