Suv polosi. Barselonada Evropa chempionatining finalchilari aniqlandi
Ispaniyaning Barselona shahrida suv polosi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Evropa chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayni pallaga kelib, hal qiluvchi bahsga yo‘l olgin terma jamoa vakillari aniq.
Yarim finalning birinchi juftligida Gretsiya va Ispaniya terma jamoalari to‘qnash kelib, murosasiz kechgan bahsda mezbonlar 9:11 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Ikkinfi juftlikda Gollandiya va Vengriya jamoalari ro‘baro keldi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda "uchar gollandlar" 11:9 hisobida ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Suv polosi. Evropa chempionati.
Ayollar, 1/2 final

Fikrlar