Taekvondo mamlakatimizda yanada rivojlanadi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 10 avgust kuni Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonni qabul qilgan edi.

Qabulda davlatimiz rahbari Cho Chung Von bilan O‘zbekistonda taekvondoni, avvalo, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimizda yirik xalqaro turnirlarni muntazam o‘tkazish, Butunjahon federatsiyasining davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilayotgan taekvondo fakulteti faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, yurtimiz yoshlarini sportga keng jalb qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari muhokama etilgan edi.

Ana shu hamkorlikni yanada rivojlantirish dasturi doirasida O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raxbari Botir Parpiev Rahmatovich va Koreya Respublikasi taekvondoni rivojlantirish jamg‘armasi raisi  janob Kim Song Te bilan birgalikda turli turnirlar tashkil etib, mamlakatimizda zamonaviy infratuzilmani yaratish va uni jihozlash loyihalarida, shuningdek, milliy terma jamoamizning Janubiy Koreyada tayyorgarlik ko‘rish hamda mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolandi.

photo_2017-11-15_21-18-15

photo_2017-11-15_21-18-19_1

photo_2017-11-15_20-44-31_1

Shuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan taekvondo hozirgi kunda yoshlarimizning eng sevimli sport turiga aylangan. Bugungi kunga kelib mazkur sport turi bilan 20 mingdan ziyod yurtdoshimiz shug‘ullanib kelmoqda.

Shuningdek, taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari so‘nggi yillarda jahon va Osiyo chempionatlari hamda Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Sports.uz 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!